Prezidentning “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi tizimini takomillashtirish hamda uni ilg‘or jahon amaliyotiga moslashtirib borish bo‘yicha quyidagilar amalga oshirilgan:

  • samarali ilmiy faoliyatga munosib shart-sharoitlar yaratish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish va ularni qo‘llab-quvvatlash, dissertatsiyalar sifati va samaradorligini keskin ko‘tarish maqsadida 2017 yil 1 iyuldan boshlab dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini berishni nazarda tutuvchi oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ikki pog‘onali tizimi amaliyotga joriy etilgan;
  • oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar huzuridagi amaldagi matematika, fizika, kimyo, biologiya, texnika va iqtisodiyot fanlari yo‘nalishidagi tegishli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashga talabgorlarni falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarida mustaqil tasdiqlash vakolati berilgan;
  • pedagogika fanlari yo‘nalishlarida talabgorlarni ilmiy unvonlarda mustaqil tasdiqlash vakolati Toshkent davlat pedagogika universiteti, «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga berilgan;
  • oliy ta’limdan keyingi ta’lim bir pog‘onali tizimi joriy qilingan xorijiy davlatlar ro‘yxati har yili o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan xalqaro reytinglarda birinchi 300 ta o‘rindan birini egallagan oliy ta’lim tashkilotlarida olingan falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasi to‘g‘risidagi hujjatlar O‘zbekistonda fan doktori (DSc) sifatida to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinishi yo‘lga qo‘yilgan;
  • xalqaro reytinglarda birinchi 300 ta o‘rindan birini egallagan oliy ta’lim tashkilotlarida olingan professor, dotsent, katta ilmiy xodim va ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy unvonlar to‘g‘risidagi hujjatlar oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar kengashlari tavsiyasiga asosan O‘zbekistonda qo‘shimcha ekspertiza o‘tkazmasdan va boshqa sinovlarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinishiga ruxsat berilgan;
  • binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida ilmiy ishlanma yaratgan falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega talabgorga fan doktori (DSc) va ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etgan talabgorga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini mustaqil holda berish vakolati tajriba tariqasida O‘zbekiston milliy universitetiga berilgan;