Xitoylik foydalanuvçilar iPhone smartfonlari batareya töliqligi indikatori 50 foizni körsatayotganiga qaramasdan, öçib qolayotganidan şikoyat qilmoqdalar.
Xitoy iste'molçilar uyuşmasi Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida bu nosozlik haqidagi xabarlar köp emasligiga qaramasdan bu e'tirozlarni qöllab-quvvatladi.
Uyuşma smartfonni işlab çiqaruvçi Apple kompaniyasiga smartfonlarning öçib qolişi muammosini körib çiqiş talab qilingan maktub yölladi.
Apple bunga javoban uyuşma bilan birgalikda mijozlarga yordam berişga tayyorligini bildirgan.
Uyuşma xorijiy kompaniyalarni öz mahsulotlarini qaytarib olişga majburlagani bilan nom çiqargan.
Xususan, Samsung kompaniyasi Xitoyda sotiluvçi Galaxy Note 7 smartfonlari batareyalarini boşqa işlab çiqaruvçi tayyorlaganiga işora qilib, bu smartfonlarni almaştirib beriş dasturiga dastlab Xitoyni kiritişni rejalaştirmagandi. Uyuşma kotibi örinbosari bunga javoban xitoylik xaridorlarga nisbatan ikkilik standartlari siyosati qöllanayotgani, Samsung ularning xavfsizligini inkor qilayotganini aytgan.
Apple smartfonlari bilan boğliq hozirgi vaziyat Samsung muammolaridan farq qilsada, uyuşma Apple iPhone’ning baland narxi uning sifatiga mos kelmasligi borasida yetarliça miqdorda xaridorlar şikoyat qilsa, kompaniyaga qarşi borişi mumkin.












