Aktrisa Merilin Monro özining Jon Kennediga bağişlangan "Happy Birthday to You" ("Tuğilgan kuningiz bilan, janob prezident") nomli qöşiğini aytişda kiyib tuşgan köylagi Los-Anjyelesdagi Beverli-Hillzdagi auksionda 4,8 million dollarga baholandi.
Avvaliga 3 million dollarga baholangan bu köylak auksionlarda sotilgan eng qimmatbaho köylakka aylandi.
Dizayner Jan Lui 2500 kristall bilan bezagan bu libosni Ripli muzeyi tomonidan xarid qilingan.

Julien's Auctions tomonidan taşkil etilgan auksion 3 kun davom etib, unda Merilin Monroning boşqa liboslari ham pullangan.
Monroning çiqişi, AQŞning 35-prezidenti Jon Kennedi 45 yoşga tölgan kunda, 1962 yili Nyu-Yorkdagi marosimda röy bergandi. Bu uning omma oldidagi oxirgi çiqişlaridan biriga aylangan. Merilin Monro "Tuğilgan kuningiz bilan, janob prezident" qöşiğini kuylaganidan 3 oy ötib vafot etgandi. Jon Kennedi ham bir yil ötib halok bölgan.












