Daimler va BAIC avtomobilsozlik korporatsiyalarining Pekinda joylaşgan qöşma korxonasida yubiley sondagi avtomobil işlab çiqarildi.
Beijing Benz Automotive Co., Ltd (BBAC) köşma korxonasi 2005 yildan beri Xitoyda "mersedeslar" işlab çiqaradi. Ayni vaqtda korxona Mercedes-Benz’ning Xitoy uçun möljallangan 4 ta: C-Class, E-Class, GLA va GLC modellarini işlab çiqaradi.
Korxona konveyeridan çiqqan yubiley sondagi avtomobil yangi avloddagi E-sinf sedani böldi. Mercedes-Benz’ning ta'kidlaşiça, Xitoy uşbu model sotiladigan eng katta bozor hisoblanadi.
2013 yildan BBAC şuningdek 4 va 6 silindrli dvigatellar ham işlab çiqaradi. Darvoqe, Daimler’ning Xitoydagi zavodi dunyo böyiça eng kattasi hisoblanadi.
Xitoyliklar va nemislar bu bilan çeklanib qolişmoqçi emas: joriy yilda kompaniyalar korxonani kengaytiriş uçun birgalikda 500 mln yevrodan köproq investitsiya kiritiş haqidagi kelişuvni imzoladilar.
Joriy yil bahorida Mercedes-Benz yangi avloddagi E-sinf sedanining uzaytirilgan versiyasini taqdim qilgandi. Maşinaning ğildiraklar bazasi 140 mm ga uzaytirilgan versiyasi ayni vaqtda faqatgina Xitoyda sotilmoqda. Bu maşina ham BBAC zavodida işlab çiqarilmoqda.













