Tanlov joriy yilning 26-27-noyabr kunlari Toşkentdagi Inha universitetida bölib ötadi. “MITUZ Open Data Challenge 2016” tanlovi – ilovalarni oçiq ma'lumotlardan foydalangan holda işlab çiqiş böyiça har yilgi tanlov bölib, unda yakka va jamoaviy tarzda iştirok etiş mumkin. Uşbu tanlov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, Özbekiston "Kamolot" yoşlar ijtimoiy harakati, BMTTD Özbekistondagi vakilligi, UZINFOCOM markazi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantiriş markazi va Toşkent şahridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda taşkil etildi.

MITUZ Open Data Challenge tanlovi - bu dasturçilar, dizaynerlar va jurnalistlar jamoalarining oçiq hukumat portal ma'lumotlariga asoslangan mahsulotlarni tez işlab çiqiş böyiça musobaqa. “MITUZ Open Data Challenge” tanlovining farqi şundaki, guruhlar aniq belgilab berilgan muddat içida harakatlanişlari lozim. Ikki kun muddatda mavhum ğoyalar, infografika va maqolalar yangi veb yoki mobil xizmatlarning tajriba namunalariga yohud alfa-körinişlariga aylantiradilar. Uç kunlik qizğin faoliyat natijasida, “MITUZ Open Data Challenge 2016” tanlovi iştirokçilari barça sohalarda, şuningdek, moliya, transport, ta'lim, soğliqni saqlaş, ekologiya va boşqa sohalarda foydali bölgan yangi loyihalarni taqdim etadilar.

Şunday qilib, mobil va veb-ilovalar, infografika, media-loyihalar, maqolalar tadbirning moddiy mahsuli böladi.

Loyihalarni işlab çiqişdan taşqari, “MITUZ Open Data Challenge 2016” tanlovi doirasida ma'lumotlar jurnalistikasi böyiça master-klasslar hamda dasturçilar uçun oçiq ma'lumotlar bilan işlaşga oid treninglar bölib ötadi.

Tanlovda iştirok etiş uçun uşbu havola orqali röyxatdan ötişingiz mumkin.

Qöşimça ma'lumotlar uçun quyidagi telefon raqami va elektron poçtasiga murojaat etişingiz mumkin:

+998(97) 747 06 33
[email protected]