Fransiya prezidenti Fransua Olland BMT boş kotibi Pan Gi Munni Faxriy Legion ordeni bilan taqdirladi.
BMT boş kotibi iqlim özgarişlariga qarşi kuraşdagi jonbozligi va bu boradagi kelişuvga erişgani uçun orden kavaleriga aylangan.
Ötgan yilning 12 dekabrida BMT a'zolari bölgan 196 davlat vakillari Parij kelişuvini imzolagandi. Unga köra, tomonlar 2020 yildan keyin atrof-muhit ifloslanişiga qarşi çoralarni bajarişga kirişadi.
"Bularning barçasida sizning xizmatlaringiz beqiyos. Aynan siz bir neça yildan beri taşkilotda uşbu mavzuni örtaga taşlab kelmoqdasiz", — deya Parijda ötkazilgan taqdimot marosimida çiqiş qilgan Ollandning sözlarini keltirgan Reyter agentligi.
Faxriy Legion ordeni Napoleon Bonapart tomonidan 1802 yilda ta'sis etilgan. Bu orden Fransiya oldida körsatilgan xizmatlar uçun beriladi.

















