Suhbat avvalida Pan Gi Munga «Bugungi Möynoq» nomli hamda «Orolni tiklaş işlari»ga bağişlangan maxsus fotoalbomlar taqdim qilindi. BMT sobiq boş kotibi fotoalbomlarda aks ettirilgan Orolböyida ekologik vaziyatni yaxşilaş böyiça sönggi yillarda amalga oşirilgan keng kölamli işlar bilan tanişib, bundan juda ta’sirlanganini ta’kidladi.

- Orol dengizi qurişining mintaqadagi ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga dahşatli oqibatlarini öz közim bilan körganimdan buyon, mazkur muammo men uçun iqlim özgarişiga qarşi kuraş sohasidagi ustuvor yönalişlardan biriga aylangan, – dedi Pan Gi Mun.

Uning sözlariga köra, u köplab xalqaro forumlarda özining halokatli kölami bilan mintaqadan ança uzoqqa çözilgan Orol muammosiga doimiy e’tibor qaratib kelmoqda, uşbu muammoni hal qilmasdan turib, mintaqa davlatlarining barqaror iqtisodiy rivojlanişini ta’minlab bölmaydi.

Pan Gi Mun 2022 yilda Yaşil rivojlaniş global institutining Özbekistonda vakolatxonasi oçilganini tilga olib, uşbu institut bilan Koreya xalqaro hamkorlik agentligi kömagida Orol dengizi tanazzuli oqibatlarini bartaraf etiş, Qoraqalpoğiston «yaşil» reabilitatsiyasiga kömaklaşişga qaratilgan qiymati 5,65 million AQŞ dollariga teng qöşma loyiha doirasida amalga oşirilayotgan kompleks çora-tadbirlarni alohida e’tirof etdi.

Şu örinda, u mazkur institut vakolatxonasining Özbekistondagi faoliyatida Orolböyi mintaqasida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişni ta’minlaşga qaratilgan yangi loyihalarga e’tibor qaratişiga işontirdi.