Uçraşuvda Özbekiston va Global yaşil ösiş instituti örtasidagi hamkorlik bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. 2022 yil fevral oyida Özbekistonda GGGI vakolatxonasini oçilgani muhimligi ta’kidlandi. Bu ilğor xalqaro tajriba, Janubiy Koreya tajribasiga asoslangan holda iqlim özgarişi jarayonlarini jilovlaş, «yaşil» texnologiyalar va «yaşil» iqtisodiyotni rivojlantiriş, sanoatni dekarbonizatsiya qiliş sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş uçun keng imkoniyatlar oçadi.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va GGGI örtasidagi kelişuvga muvofiq, bugungi kunda qiymati 5,9 million AQŞ dollari bölgan Orol dengizi inqirozi oqibatlarini bartaraf etiş uçun Orolböyi mintaqasini yaşil qayta tiklaşga yönaltirilgan loyiha amalga oşirilmoqda. Orolböyida «yaşil» agrosanoat va qayta tiklanuvçi energiya manbalari böyiça loyihalar işlab çiqilmoqda.

Pan Gi Mun Markaziy Osiyo ekologik muammolaridan yaxşi xabardor ekanini, Orolböyida bir neça bor bölganini, Orol dengizi qurişi falokatli oqibatlari bilan şaxsan tanişganini ta’kidladi.

U Özbekiston prezidenti tomonidan ilgari surilgan keng kölamli «yaşil makon» umummilliy taşabbusi, mamlakatda qabul qilingan «yaşil» iqtisodiyotga ötiş böyiça strategiya hamda qayta tiklanuvçi va vodorod energetikasini rivojlantiriş dasturiga alohida e’tibor qaratdi.