Airbnb turar-joy ijara servisi mahalliy aholidan ekskursiyalar va tadbirlarni ziyorat qilişni taklif qilib, öz funksionalini kengaytirdi. Bu haqida kompaniya rahbari Brayan Çeski San-Frantsiskodagi taqdimot marosimida sözlab berdi, deyiladi Lenta.ru naşriga kelib tuşgan matbuot relizida.
"Bugun biz Trips'ni işga tuşiramiz, bu - yaşaş joylari, köngiloçar maşğulotlar va odamlarni birlaştiruvçi platforma. Biz sayohatlarga sehr elementlarini qöşmoqçimiz, ularning markazida albatta insonlar böladi", - dedi u.
Çeskining sözlariga köra, endilikda mahalliy aholi sayyohlarga nafaqat öz uyidan joy beradi, balki öz tajribasi bilan bölişişi ham mumkin. Masalan, ular turistlarga qadimiy avtomobillarda sayr qiliş yoki fransuz şansoni konsertida bölişni taklif qilişlari mumkin.
Şuningdek servis ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlarda ham iştirok etişni taklif qildi, bu - daydi itlarga yordam körsatiş yoki çiqindidan san'at asari yasaşga oid mahorat darslari bölişi mumkin. Yana bir yangi xizmat turi foydalanuvçilarga restoranlar, klublar va diqqatga sazovor maskanlar böyiça tavsiyalarni közda tutadi.
Bugungi kunda yangi xizmat turlari faqat 12 şahardagina yölga qöyilgan: Detroyt, Parij, Nayrobi, Gavana, San-Frantsisko, Keyptaun, Florentsiya, Mayami, Seul, Tokio va Los-Anjyeles. 2017 yilda bu röyxat yana 50 aholi punktiga kengayadi.
Airbnb — butun dunyo böylab qisqa muddatli turar-joy ijarasiga doir ma'lumotlar joylaştiriladigan onlayn-maydon. Servis 200 mamlakatda joylaşgan 34 ming şaharda faoliyat yuritadi.












