Şu kunlarda mamlakatimizda muhim ijtimoiy-siyosiy voqea — Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi böyiça saylovoldi taşviqoti qizğin davom etmoqda. Barça hududlarda Özbekiston XDPdan Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov va uning işonçli vakillari tomonidan  saylovçilar bilan uçraşuvlar yuqori saviyada ötkazilmoqda.

Jumladan, bugungi kunga qadar Xatamjon Ketmonov 11 marta uçraşuv ötkazdi. Ularda 30 mingga yaqin saylovçi iştirok etdi. Nomzodning işonçli vakillari tomonidan esa 30dan ortiq uçraşuv taşkil qilinib, ularda 5 mingga yaqin saylovçi qamrab olindi. Ötkazilayotgan uçraşuvlar Markaziy Kengaş Saylov Ştabi tomonidan muntazam tahlil qilib borilmoqda. Xususan, har bir mintaqada bölib ötgan uçraşuvdagi ma'ruzalarning saylovçilar tomonidan eng köp muhokama qilinayotgan qismlari umumlaştirilmoqda.

Saylovçilar saylovoldi uçraşuvlarida dasturda belgilangan  barça yönalişlarga alohida e'tibor qaratmoqdalar. Jumladan, Jizzax viloyatida bölib ötgan uçraşuvda iştirok etgan Jizzax şahar 2-oilaviy poliklinikasi mudiri Qarşigul Haydarova öz ma'ruzasida quyidagi fikrlarni bildirib ötdi:

-Mana hozir barçamiz, Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Abdurahmonoviç Ketmonovning saylovoldi dasturi bilan yaqindan tanişib ötdik. Unda, qator dolzarb vazifalar bilan birgalikda, soğliqni saqlaş tizimini takomillaştiriş va aholiga tibbiy xizmat körsatiş sifatini oşiriş masalalari ham alohida örin berilganligini guvohi böldik.
Men, şifokor sifatida, avvalo, nomzodning dasturida ilgari surilayotgan aholiga yuqori sifatli va maqbul tibbiy yordamdan keng foydalaniş imkoniyatini ta'minlaş masalalariga e'tibor qaratişlaringizni xohlardim.   Nomzod tomonidan,  aholining, ayniqsa, olis qişloq hududlarida birlamçi tibbiy yordamdan qulay va tez foydalaniş imkoniyatini ta'minlovçi qişloq vraçlik punktlari tarmoğini kengaytiriş, imtiyozli va bepul asosda malakali tibbiy-sanitariya yordami körsatilişini tartibga soluvçi tegişli qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazorat samaradorligini oşiriş yuzasidan ilgari surilayotgan taklifini juda örinli deb bilaman. 

Sababi, birinçi tibbiy yordamdan barça qulay va tezkor foydalanişi, kam daromadli odamlar uçun ham uning maqbulligini ta'minlaşning huquqiy asoslarini yanada takomillaştiriş muhim ahamiyatga ega. Buning uçun qişloq vraçlik punktlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, ularni yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlaş, odamlarning tibbiy-huquqiy bilimini mustahkamlaş bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan biridir.

Xatamjon Abdurahmonoviç Ketmonovning saylovoldi dasturida ilgari surilgan maqsad va vazifalar hozirgi kunda juda dolzarb hisoblanib, ularni xayotga tatbiq qiliş orqali biz tibbiyot sohasini yangi bosqiçga olib çiqişga hamda Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyotiga munosib hissamizni qöşgan bölamiz deb öylayman.