SpaceX kosmik korporatsiyasi AQŞning aloqa böyiça Federal komissiyasiga internet bilan ta'minlaş maqsadida tört ming yöldoşni çiqarişiga doir ariza topşirdi. 

Loyihaga köra, yöldoşlar past orbitaga (1150-1325 kilometr) Falcon Heavy va Falcon 9 Full Trust taşuvçi raketalari yordamida çiqariladi. Falcon 9 Full Trust bir çiqişda 386 kilogrammli 50ta qurilmani taşib, 3,5 tonna yuk zaxirasini  qoldirişga imkon beradi. 2020 yilga borib, kompaniya jami 144 marta Falcon 9 Full Trust va 22 marta Falcon Heavy'ni işga tuşiradi. 

Kompaniyaning ğoyasi iş bersa, bu Yer yuzidagi har bir insonni soniyasiga bir gigabayt tezlikdagi simsiz yöldoş internetiga kiriş imkoni bilan ta'minlaydi. Qurilmalar sayyoramizning eng faol hududlarida tarqatilib, adaptiv tarmoq tamoyili asosida işlaydi.

Loyihaning birinçi bosqiçiga start beriş 2017 yilga möljallanmoqda. Kompaniya AQŞ hududini qamrab oluvçi 800 yöldoşni işga tuşiradi. Har bir "parvoz" qiymati 10-20 million dollarga baholanmoqda, kosmik infratuzilmani töliq ta'minlaş taxminan 10 milliard dollarni talab qiladi. Har bir qurilmaning xizmat körsatiş muddati 5-7 yilni taşkil qiladi, şundan söng u orbitadan çiqib, atmosferada yonib ketadi.