85 foizdan ortiq Tesla aksiyalarining egalari SolarCity'ni xarid qiliş uçun ovoz berişdi. Ilon Mask va u bilan boğliq kişilarning aksiyalari inobatga olinmadi. SolarCity aksionerlari ham bitimni tasdiqlaşdi, şu bois u yaqin kunlarda nihoyasiga yetkaziladi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi. 

Mask investorlarga SolarCity'ning yangi "quyoşli" tomi odatdagidan arzonroq bölişiga va'da berdi. 

Manbaga köra, bitim qiymati 2 milliard dollardan oşib ketgan. Kelişuv şartlariga köra, SolarCity aksiyalari egalari ularning har biri uçun 0,11 Tesla qoğozini olişadi. 

Bundan avval Ilon Mask SolarCity'ni xarid qiliş Tesla kompaniyasiga 2017 yil daromadining 1 milliard dollarga ösişini ta'minlaşi va kelasi uç yil davomida balansga yana 500 million pul vositasini qöşişini aytgandi.

Tesla aksiyalari bu yangilikdan keyin 2,57 foizga ösib, 18,6 dollarni, SolarCity esa 2,9 foizga ösib, 20,4 dollarni taşkil qildi.