Koreya respublikasi prezidenti Pak Kin Xe dekabr oyida Tokioga taşrif buyuradi. U bu yerda Yaponiya va Xitoy rahbariyatlari bilan muzokaralar ötkazadi. Bu haqda, Janubiy Koreya davlat rahbari ma'muriyati ma'lum qilmoqda.
"Yakuniy kun tartibi tasdiqlanişi lozim, ammo prezident uçtomonlama sammitda iştirok etişni rejalaştirayapti", - deb qayd etgan prezident devoni rasmiy vakili matbuot brifingida.
19-20 dekabr kunlari bölib ötadigan muzokaralarda XXR Davlat kengaşi boş vaziri Li Ketsyan va Yaponiya hukumati rahbari Sindzo Abe iştirok etadi. Ötgan safar şu kabi uçraşuv Seulda bölib ötgan edi.
Kuzatuvçilarning fikriça, bunday rejalarning e'lon qilinişi Pak Kin Xening iste'foga çiqiş rejasi yöqligini anglatadi. Sönggi ijtimoiy sörov natijalariga köra, Koreya prezidentining mamlakat fuqarolari orasidagi reytingi 5 foizgaça tuşib ketgan. Uning faoliyatini 90 foiz kişi salbiy baholaydi.
Janubiy Koreya yetakçisi 40 yildan ortiq taniş bölgan qohin dugonasining davlat işlariga aralaşişiga imkon berganlikda gumon qilinmoqda.












