Dunyoda atigi yetti nusxada bölgan Koenigsegg One:1 giperkarining biri AQŞda dastlabki qiymatidan beş barobar qimmatga sotildi. GTSpirit naşrining The Auto Art dizayn atelesiga tayangan holda yozişiça, giperkarga 10 mln dollar tölaşgan.
Koenigsegg One:1 2014 yilda nimalarga qodirligini namoyiş qilgan edi. Uning nomi quvvatining vazniga nisbatini, ya'ni bir ot kuçiga bir kilogramm mos kelişini anglatadi. Avtomobil 1341 ot kuçiga ega bölgan, beş litr hajmdagi sakkiz silindrli motor bilan jihozlangan. U ikkita turbinaga ega. Avtomobil ikki uzatmali yetti bosqiçli avtomat quti kömagida harakatlanadi. Vazni ham ot kuçiga mos ravişda 1341 kgga teng.

Model bir neça marotaba tezlik rekordlarini örnatgan. Giperkar Spa-Frankorşam va «Suzuka» avtodromlaridagi eng tezkor seriyali avtomobil bölgan edi. U «0-300-0» körsatkiçiga 17,95 soniyada erişa olgan. Bundan taşqari, ikki kilometr masofada soatiga 386 km tezlikka çiqqan.













