Gruziya prezidenti Georgiy Margvelaşvili «Gruziya orzusi» partiyasi tomonidan mamlakat boş vazirligiga tavsiya qilingan Georgiy Kvirikaşvili nomzodini ma'qulladi. Bu haqda TASS agentligi Gruziya rahbari matbuot xizmatiga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Gruziyada parlament saylovida aksar ovozni töplagan partiya boş vazir nomzodini ilgari suradi va hukumatni şakllantiradi. 2016 yilgi parlament saylovlarida «Gruziya orzusi» partiyasi eng köp ovoz olişga muvaffaq bölgan edi.
18 noyabrda yangi parlament vakolatlari tasdiqlangan edi. Oktyabr oyida bölib ötgan saylovlarda uçta partiya mamlakat parlamenti tarkibiga kirdi. «Gruziya orzusi» partiyasi 48,8 foiz saylovçining işonçini qozongan edi.

















