Kongressmen Mayk Pompeo AQŞ prezidenti etib saylangan Donald Trampning Markaziy razvedka boşqarmasi direktori böliş taklifini qabul qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Biroq Milliy qömita vakili Şon Spayser buni tasdiqlamadi.
"Hozirça Tramp bu haqda rasman e'lon qilmadi", deb aytdi Spayser.
Avvalroq The Wall Street Journal naşri Tramp jamoasidan Miçigandan vakillar palatasi a'zosi, MRB lavozimi direktoriga nomzod deb hisoblangan Mayk Rojyers istisno qilinganini ma'lum qilgandi.
Tramp, şuningdek, AQŞning yangi boş prokurori lavozimini Alabama ştatidan respublikaçi senator Jyeff Sessionsga taklif qildi.
Ta'kidlanişiça, Session özining muhojirlar böyiça qat'iy pozitsiyasi bilan ma'lum.












