Saylovlar oldidan internetni Klintonning IŞIDga qurol sotgani hamda Rim papasining Trampni qöllagani haqidagi soxta yangiliklar qamrab oldi. Buzzfeed ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining qançalik işonuvçanligi va bu nimalarga olib kelişi mumkinligiga doir tadqiqot ötkazdi. 

BuzzFeed News tadqiqotiga köra, AQŞdagi prezidentlik kampaniyasining sönggi uç oyida Facebook tarmoği foydalanuvçilarini The New York Times, Washington Post, Huffington Post, NBC News kabi yirik naşrlarning haqiqiy maqolalaridan köra, maşhur  soxta yangiliklar köproq jalb qilgan.

Saytlar va siyosiy faollar tomonidan tarqatilgan 20 soxta yangilik Facebook foydalanuvçilari tomonidan 8,711 million turli reaksiyaga (izohlar, yangilik bilan bölişiş) ega bölgan.

Şu davrda 19 yetakçi yangiliklar saytning eng maşhur 20 xabari atigi 7,367 million reaksiya töplagan. 

Avvallari haqiqiy yangiliklar osonlik bilan soxtalarini ortda qoldirardi, biroq saylovlar yaqinlaşgani sari soxta yangiliklar keskin kötarilib ketdi - ular jahonga maşhur yangiliklar agentliklarining maqolalaridan özib ketdi. 

Darmut kolleji siyosatşunoslik professori Brendan Nixan bu borada şunday deydi: 

"Facebook'ning soxta ma'lumotlar bilan kuraşişga bunday kam e'tibor qaratişi meni taşvişga soladi. Hattoki ular saylovlar natijasiga ta'sir ötkazmagan bölsa-da, ularning qamrovi juda kengligi barçaga ayon". 

Tahlil davomida eng maşhur 20 soxta xabardan 17tasi Donald Tramp va Hillari Klintonga bağişlangan bölgan. Ikkita eng maşhur öylab topilgan yangilikda Klintonning IŞIDga qurol sotgani hamda Rim papasining Trampni qöllab-quvvatlagani ta'kidlangan. Respublikaçiga qarşi materiallar atigi 3ta bölgan: Mayk Pensning Mişel Obama haqida öylab topgan sitatasi, Trampning ğalabasidan xavfsirab qoçayotgan amerikaliklarni Iralandiya qabul qilayotgani haqidagi yolğon ma'lumot va Ron Polning Trampga oid iqrori haqidagi asossiz xabar. 

Bu ma'lumotlar ijtimoiy tarmoqda saylov oldi soxta yangiliklarining naqadar keng tarqalişi mumkinligini körsatadi. Facebook şundoq ham saylov oldi kampaniyalariga doir soxta yangiliklarning tarqalişi tufayli tanqid ostiga olindi. Biroq Mark Tsukerberg bunday soxta yangiliklarning saylovlar yakuniga ta'sir qilişiga oid taxminlarni "ahmoqona ğoya", deb atadi. 

BuzzFeed News Facebook'da muammolarni bartaraf etiş uçun maxsus guruh tuzilgani haqida xabar bergan. Öşanda xodimlardan biri platformada yolğon xabarlar tarqalganini tasdiqlagan. The Wall Street Journal gazetasi esa Google'ning AdSense'dan soxta yangiliklar saytlarini yöq qilişini ma'lum qilgan.