Janubiy osiyolik (Malayziya) Abu Zarin Hussin qator naşrlarda u haqda yozilgan uydirma xabarlar tufayli butun dunyoga maşhur bölganligini bilib, juda hayron qoldi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.
Eslatib ötamiz: qator naşrlarda yigitning sevgan yori halok bölgandan keyin, u sevgilisi ruhi ilonga örnaşib olgan, şu sabab ilonga muhabbat qöygani haqidagi xabarlar e'lon qilingan edi.
«Bu mening suratlarim, lekin bayon etilgan voqea tölaligiça uydirmadir», — ta'kidladi erkak.
Abu Zarin qutqaruv xizmatida öt öçiruvçilar instruktori sifatida işlaydi, Malayziyada esa köpinça uyga kirib olgan ilonlarni zararsizlantiriş uçun öt öçiruvçilar çaqiriladi.
Abu Zarinning otasi ilon avrovçi bölgan, şu bois yigitda, dastlabki paytlarda ilonlardan qörqqaniga qaramay, asta-sekin ilonlar bilan til topişiş qobiliyati aniqlandi.
Yigitning uyida törtta ilon yaşaydi. Ularning barini öt öçiruvçi xizmat payti tutib olgan. Abu Zarin jonivorlarning fe'l-atvorini örganib, söng qöyib yuboradi.











