Rossiyaning Sankt-Peterburg şahridagi “Sibur Arena” majmuasida boks böyiça yoşlar örtasidagi jahon çempionati (AIBA Youth World Boxing Championships) boşlandi, deb yozmoqda Olamsport.com naşri

17-18 yoşli boksçilar örtasida taşkil etilayotgan jahon çempionatida dunyoning 75 davlatidan 402 nafar çarm qölqop ustasi 10ta vazn toifasida iştirok etmoqda. Ular orasida Özbekiston terma jamoasi ham töliq tarkibda yurtimiz sport şarafini himoya qilyapti.

E'tiborlisi, jahon çempionatining ilk kuni ringga kötarilgan 5 nafar boksçimizning barçasi raqiblarini katta ustunlik bilan mağlubiyatga uçratdi.

52 kg vaznda qatnaşayotgan Otabek Xolmatov ilk jangida qirğizistonlik Fatxiddin Hamroyevdan 4:1 hisobida ustun keldi.

64 kg vazn toifasida ringga kötarilayotgan hamyurtimiz Behruz Rahmonov ilk jangida ozarbayjonlik Baxtiyor Gazibayevga heç qanday imkoniyat qoldirmadi. Beş nafar hakamning barçasi bir ovozdan 5:0 hisobida Behruzning ğalabasini ta'minlaşdi.
69 kg vazndagi boksçimiz Uluğbek Sobirov ham xuddi şu hisobda zafar quçdi. U yaponiyalik raqibi Zen Kuroyanagini mağlubiyatga uçratdi.  

75 kg vazn toifasida öz imkoniyatini sinovdan ötkazayotgan Şohruzbek Rustamov ham jahon çempionatidagi iştirokini ğalaba bilan boşladi. U belaruslik Yagor Skamaroxni 5:0 hisobida yengdi.

81 kg vazndagi çarm qölqop ustamiz Sanjar Tursunov esa litvalik Vilandas Valçiukasni 5:0 hisobida mağlub etdi.