Angliya çempionatining 11-turi doirasida «Sanderlend» va «Hall» jamoalari örtasidagi öyin keçgan «Stedium of Layt» stadionida yoritkiçlar öçib qoldi.

Tribunalardagi muxlislar telefonlarini çiqarişgan va imkon qadar atrofni yoritişga urinişgan - köriniş gözal edi, ammo bunday holatda öynaş qiyinligiça qolgandi.

Çiroq 10 daqiqa bölmadi.



Yoritkiçlarni töla işlatişning imkoni bölmagan, lekin öyin hakami Li Meyson şu holatda ham öyinni davom ettirişga qaror qilgan. Öyin mezbonlarning 3:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Bu stadiondagi an'ana bölib – qoronğulikda işlaydigan konçilarga hurmat ramzidir. Bu jamoa joylaşgan hududda aholisi asosan konçilar bölib, jamoa stadioni yaqinida konçilar çiroği yodgorligi ham bor.
Taqqoslaş uçun, stadionda çiroq bor vaqtdaligida şunday köriniş böladi.













