Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan ma'lum qildiki, Yevropa Ittifoqiga a'zo böliş — mamlakat uçun yagona variant emas. U Şanxay Hamkorlik Taşkilotiga a'zo bölişni muqobil variant sifatida körmoqda. Bu haqda Turkiyadagi Sabah naşri xabar bergan.

Erdöğan Özbekistondan qaytib borgaç,  mahalliy jurnalistlarning savollariga javob qaytariş çoğida şu haqda gapirgan. U Turkiya uzoq yillar davomida Yevropa Ittifoqiga a'zo böliş uçun besamar urinib kelayotganini qayd etgan.

«Yevropada Brexit hodisasidan keyin yana şunday hodisalar takrorlanişi mumkin. Şunday fikrlar Fransiya va Italiyada yangramoqda. Bunday holatda Turkiya özini xotirjam tutişi kerak. YeI a'zosi bölişni Turkiya uçun yagona imkoniyat sifatida qaramaslik kerak. Men aytaman, Turkiya nega "Şanxay beşligi"da örin egallamasligi kerak?», — degan Erdöğan..

Erdöğan  ŞHTga a'zo böliş masalasini Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozoğiston rahbari Nursulton Nazarboyev bilan muhokama etganligi töğrisida aytib ötgan.