Amerikaliklarning hozirgi prezidenti Barak Obama lotinamerikaliklarga yuzlanib, ulardan AQŞning yangi saylangan prezidenti Donald Trampga vaqt berişni söradi. Bu haqda Reuters xabar qilgan.
«Men bu yerda şuni aytişni istaymanki, — yomonlikni kutmaslik kerak», — degan Obama Perudagi OTIH (Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi) sammitidagi iştiroki davomida.
U şuningdek, yangi prezident ma'muriyatining barça vakillari vazifasiga kirişişi va ularning siyosati qay yönalişda boşlanişini kutiş va şundan keyin xulosa çiqarib, muhokama boşlaş kerakligini qayd etib ötgan.
Respublikaçi Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi davrida ğolib bölgan taqdirda Meksika va AQŞ örtasida devor quriş, Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan savdo kelişuvlarini bekor qiliş hamda musulmonlarni mamlakatiga kirgazmasligi haqida çiqişlar qilgandi.
Bundan oldinroq Barak Obama YeI yetakçilarini Donald Tramp davrida ham Vaşington bilan hamkorlikni davom ettirişga çaqirgandi.
Respublikaçi Donald Tramp 8 noyabr kungi saylovlarda ğolib bölgandi. U va uning ma'muriyati kelgusi yilning 20 yanvarida işga kirişadi.












