Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi öz avtomobillari safini A- va B-segmentidagi ikkita ixçam krossoverlar bilan töldirişni rejalaştirmoqda. Ulardan biri 2018 yilda paydo bölişi kutilmoqda. U MINI Countryman, Honda HR-V va Fiat 500X kabi modellar bilan xaridorlar uçun raqobatlaşadi. Bu haqda Koreya avtokompaniyasining Amerikadagi bölimi rahbari Deyva Zuçovskiga asoslangan holda Automotive News naşri yozmoqda.

Bundan taşqari, Hyundai krossoverlar turlarini ham özgartiriş niyatida. Xususan, Santa Fe modeli yanada yiriklaşadi va 8 örindiqli avtomobilga aylanadi. Santa Fe Sport ölçamlari ham kattalaşadi va Jeep avtomobillari uslubidagi yöltanlamas elementlariga ega böladi. 

Şu bilan birga, Hyundai kompaniyasi Santa Fe modelining eng yirik ölçamli namunasini qayta nomlaş niyatida. Çunki, xaridorlar krossoverlar nomlarini köp adaştiradi. Bu özgarişlarning barçasi 2018-2020 yillarda amalga oşiriladi.