Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti Barak Obamaning bayonot berişiça, u Ukraina şarqidagi vaziyatni vakolat muddatlari poyoniga yetgunça hal etişni xohlaydi, deya xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
«Men Putin bilan Ukraina haqida gaplaşdim va Minsk kelişuvlarini bajariş zarurligi haqida söz yuritdim. Men unga, muddatim yakunlangunça uşbu işni yakunlaş maqsadida muzokaraçilariga biz bilan, Fransiya, Germaniya, Ukraina bilan işlaşga körsatma berişga çaqirdim», — degan Obama.
Avvalroq, Vladimir Putin va Barak Obama Peruda bölib ötgan OTIH sammiti avvalida uçraşgani xabar qilingan edi. Ular majlislar zalida suhbatlaşişgan. Özaro muloqot çoğida Vladimir Putin Barak Obamani istalgan vaqtda Rossiyaga kelişga çaqirgan.












