"Xendrik Motorsports" jamoasi poygaçisi AQŞda ötkaziladigan nufuzli NASCAR avtomobil poygasining 7 karra çempioni böldi.

Poyganing Mayamida ötgan final bahsida (çempionat pley-offi) çempion unvoni uçun 4 poygaçi – Jonson, Joui Logano ("Penske"), amaldagi çempion Kayl Buş va Karl Edvards ("Jo Gibbs Reysing") kuraş olib bordi. Bu bosqiçda marraga eng birinçi bölib yetib keladigan poygaçi mavsum ğolibi bölardi.

Jonson marraga birinçi bölib, Logano törtinçi, Buş esa oltinçi bölib keldi. Edvards marraga 9 aylana qolganda yetakçilik qilayotgan bir pallada Logano bilan töqnaşuvdan keyin kuraşdan çiqib ketdi.

Jonson uçun bu unvon faoliyatidagi yettinçisi böldi. Avval u 2006-2010 yillar davomida va 2013 yilda çempion bölgan. 41 yoşli Jonson unvonlari böyiça NASCAR afsonalari Riçard Petti va Deyl Ernxard bilan tenglaşib oldi.