Britaniyalik poygaçi Mayk Jons ötgan dam oliş kunlari AQŞda ötuvçi NASCAR uyuşmasi poygasida jiddiy avariyaga uçradi. 
 
Jons burilişdan çiqiş vaqtida raqibi maşinasi bilan töqnaşib ketgaç, tösiqqa borib urilgan va yonib ketgan. Şunda pit-stopdan boşlab poygaçini kuzatib kelayotgan uning otasi tösiqdan oşib ötib, yonayotgan maşina oldiga birinçi bölib yetib kelgan.

Ota poygaçi öğlini maşina içidan uning oynasi orqali tortib olib, söngra maşinadan nariga ketiş örniga uning içiga oynasi orqali suqilib, yonğinni öçiriş tizimini faollaştirgan. Yordamga yetib kelgan öt öçiruvçilar olovni batamom öçirişgan.

Poygaçining otasi Din Jons mahalliy OAVga bergan intervyusida avtomobil yonğin oqibatida yonib kul bölganini, biroq asosiysi farzandiga şikast yetmaganini aytgan.

“Menda qörqiş uçun vaqt yöq edi, men öğlimni maşina içidan çiqarib olişim kerak edi. Men şunçaki öz farzandiga yordamga kelgan otaman. Heç kim öğlimni qutqarişimga tösqinlik qilolmasdi”, deb aytgan poygaçining otasi.

Biroq poyga taşkilotçilari qahramon otani poyga vaqtida trassaga çiqqani uçun jazolaşgan.