2016 yil 21 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan nomzod Sarvar Otamuratovning Toşkent şahar saylovçilari bilan bölgan uçraşuvi fikr-mulohazalarga boy tarzda ötdi. ÖzMTDP Toşkent şahar kengaşi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Turkiston saroyida ötkazilgan uçraşuvda şaharning barça tumanlaridan saylovçilar iştirok etdi. Uçraşuvda Prezidentlikka nomzodning işonçli vakili Feruza Muhitdinova yiğilganlarga Sarvar Otamuratovning tarjimai holi va faoliyati haqida atrofliça ma'lumot berdi.
Prezidentlikka nomzod uçraşuvda dastlab istiqlol yillarida poytaxtimiz — Toşkent yirik megapolisga aylanganligi, ulkan bunyodkorlik işlari tufayli u gözal qiyofa kasb etayotgani, muhtaşam binolar, ravon va keng köçalar, köpriklar, obod mahallalar, jozibali favvoralar, ulkan savdo inşootlari poytaxtimiz çiroyiga yanada çiroy qöşayotgani haqida söz yuritdi. Söng öz saylovoldi Dasturining asosiy yönalişlari haqida ma'ruza qildi.
Xususan, nomzod Dasturda milliy özlikni anglaş, milliy qadriyatlarni himoya qiliş, milliy iqtisodiyotni rivojlantiriş, xalqimiz farovonligini oşiriş, milliy axborot makonini şakllantiriş, ham ma'nan, ham jismonan barkamol avlodni tarbiyalaş hamda taşqi siyosatda milliy manfaatlarni himoyalaş va maqsadli ilgari suriş kabi dolzarb vazifalar belgilanganini ta'kidladi.
Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan nomzod Sarvar Otamuratov mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy sohada amalga oşirilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oşiriş maqsadida kelajagimiz egalarini milliy ma'naviyat va qadriyatlar ruhida tarbiyalaş, davlat tilini yanada takomillaştiriş, ma'naviy-ma'rifiy markazlarni taşkil etiş va ularning faoliyatini rivojlantiriş, oilaviy qadriyatlarni ardoqlaş va oilalarni mustahkamlaş lozimligiga alohida urğu berdi.
Özbekistonda umumjahon ahamiyatiga molik bölgan juda köplab tarixiy-madaniy va arxitektura yodgorliklari mavjud. Muzeylar, arxivlar va kutubxonalarda qimmatli qölyozmalar, eksponatlar, kolleksiyalar va arxiv hujjatlari saqlanmoqda. Bunday ulkan tarixiy merosni asrab-avaylaş va hisobga oliş böyiça muayyan işlar qilingan bölsa-da, örganişlar şuni körsatdiki, hali bir qator madaniy meros obektlarimiz hisobga olinmagan, eksponatlar, kolleksiyalar va arxiv hujjatlari töliq toifalaştirilmagan.
Ana şulardan kelib çiqib, nomzod madaniy meros obektlarini töliq xatlovdan ötkazib, hisobga oliş işlarini takomillaştiriş talab etiladi, muzeylar, arxivlar, kutubxonalarda va boşqa joylarda saqlanayotgan, madaniy meros obekti belgilariga ega bölgan eks¬ponatlar, kolleksiyalar va arxiv hujjatlarini töliq toifalaştiriş, bu boradagi qonunçilikni yanada takomillaştiriş zarurligini ta'kidladi.











