Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 21 noyabr kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi saylovçilari bilan uçraşdi.

Şumanay tuman hokimiyati majlislar zalida onlayn konferensiya muloqot tarzida bölib ötgan uçraşuvda şahar va tumanlardan jamoatçilik vakillari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faollari, mahalliy Kengaşlar deputatlari, yoşlar va xotin-qizlar, partiya a'zolaridan iborat jami 3200 nafarga yaqin saylovçi iştirok etdi.

Tadbirni Özbekiston “Adolat” SDP Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisi Ye.Kunnazarov olib bordi. Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning işonçli vakili Özbekiston “Adolat” SDP Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisi örinbosari R.Otarbayev uçraşuv iştirokçilarini N.Umarovning tarjimai holi bilan yaqindan taniştirdi.

Prezidentlikka nomzod dastavval Qoraqalpoq xalqining birdamlik bilan qilgan mehnatlari samarasi ölaroq, bugun Qoraqalpoğiston iqtisodiyotning turli sohalarida öz örniga ega mintaqalardan biriga aylanganini e'tirof etdi. Uşbu hududda barpo etilgan Qönğirot soda zavodi hamda Ustyurt gaz-kimyo majmuasi nafaqat mintaqamiz, balki dunyodagi eng yirik sanoat korxonalaridan biri sifatida mamlakatimiz iqtisodiyoti yuksalişida muhim ahamiyat kasb etayotgani, eng asosiysi, mana şunday bunyodkorlik va yaratuvçilik işlarini qoraqalpoğistonliklar öz qöllari bilan yaratayotganligi haqidagi fikrlarni uçraşuv iştirokçilari iliq qabul qilişdi.

N.Umarov uçraşuv iştirokçilarini öz Saylovoldi dasturi bilan taniştirar ekan, demokratik ijtimoiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati quriş, innovatsion iqtisodiyotga ötiş, kuçli ijtimoiy siyosat olib boriş, xususan, aholini sifatli tibbiy xizmat, ta'lim va uy-joy bilan ta'minlaş darajasini yanada kengaytiriş, tinçliksevar taşqi siyosatni davom ettirişga doir takliflarini bayon qildi.

Ayniqsa, Narimon Umarov özining qariyb 40 yillik mehnat faoliyati hamda ilmiy izlanişlari taqozosi bilan Orol dengizining qurişi oqibatida hududda yuzaga kelgan ekologik halokatni bartaraf etişga qaratilgan loyiha va dasturlarda bevosita iştirok etgan, mintaqaning murakkab iqlimini, odamlarning yaşaş şaroitini yaxşi biladigan mutaxassis sifatida ekologiya masalalariga alohida e'tibor qaratişini ma'lum qildi. Uning hududdagi ekologik holatni yaxşilaşga qaratilgan loyiha va dasturlarni izçil davom ettiriş zarurligi xususidagi takliflari saylovçilar tomonidan qöllab-quvvatlandi.

Şu bilan birga, Prezidentlikka nomzod ekologik jihatdan toza texnologiyalar asosida jadal rivojlanişni ta'minlaşga yönaltirilgan mutanosib iqtisodiy siyosat olib borişni qöllab-quvvatlaş hamda sanoat korxonalari çiqindilarini qayta işlaş orqali atrof-muhit musaffoligini ta'minlaşga dolzarb vazifa sifatida yondaşişini qayd etdi.