AQŞ Davlat departamenti öz fuqarolarini butun Yevropa böylab teraktlar bölişi mumkinligidan rasman ogohlantirdi.

"Işonçli ma'lumotlarga köra, IŞID, "Al-Qoida" va ularning ittifoqdoşlari kurort mavsumi boşlanişi va u bilan boğliq hodisalarga urğu bergan holda Yevropada teraktlar sodir etişni rejalaştirişni davom ettirmoqda", deyilgan xabarda.

AQŞ Davlat departamenti fikriça, terrorçilar öz qabihliklarini amalga oşirişda turli taktikadan foydalanişi, jumladan noodatiy qurol turlarini qöllaşi mumkin.