Apple kompaniyasi simsiz routerlar işlab çiqaruvçi bölimini yopdi. Bunga kompaniyaning öziga maksimal foyda keltiradigan mahsulotlar işlab çiqarişga e'tibor qaratişni rejalaştirgani sabab bölgan, deb yozmoqda Bloomberg.
Manba bergan ma'lumotga köra, Apple sönggi yillarda asta-sekinlik bilan simsiz routerlar işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi xodimlarni boşqa bölimlarga ötkazib borgan.
Kompaniya öz routerlarini 2013 yildan beri yangilamagan. Hozirda Apple şu kabi qurilmalarning 3 turdagi modeli – AirPort Express, AirPort Extreme va AirPort Time’ni sotişni davom etmoqda.
Avvalroq kompaniya monitorlar işlab çiqarişni töxtatib, LG bilan hamkorlik haqida e'lon qilgan edi.












