BMW kompaniyasi Guançjoudagi motorşouda "sedan" kuzoviga ega 1-Series’ning yangi modelini taqdim qildi. Kompaniya ğoyasiga köra, avtomobil brendga yoş xaridorlarni jalb qilişi kerak. Bu maşina faqatgina Xitoyda sotiladi.
Xitoyda Brilliance-BMW qöşma korxonasida yiğiladigan maşina oldi privodli UKL şassisida qurilgan. Bu şassi MINI modellarida, X1 krossoveri va 2-Series Active Tourer kompaktvenida işlatilgan. Maşinani yaratiş bilan BMW’ning ham Germaniyadagi boş-qarorgohi vakillari, ham xitoylik muhandislar şuğullanişgan.
Sedan uçun uçta modifikatsiya tayyorlandi: 118i, 120i Luxury va 125i Sport. Bazaviy variant 1,5 litrli va 136 ot kuçiga ega turbomotor bilan taklif qilinadi. 120i esa 192 ot kuçiga ega va 2 litrli dvigatel, 125i Sport modeli esa 231 ot kuçiga ega dvigatel bilan jihozlanadi.
Xitoy bozorida yangi maşina Audi A3 sedani va "Sitroyen" DS5 LS bilan raqobatlaşadi.
Maşinaning narxi 180 ming yuandan (26 ming dollar) boşlanadi.

















