Fransiyada aksilterrorçilik operatsiyasi davomida 7 kişi hibsga olindi, deb ma'lum qildi Fransiya içki işlar vaziri Bernar Kaznev.
Uning aytişiça, hibsga olinganlar terakt amalga oşirmoqçi bölganlar.
Operatsiya 18 noyabrdan 19 noyabrga ötar keçasi Marsel va Strasburgda ötkazilgan.
Strasburgda 4 kişi, Marselda esa 29 yoşdan 37 yoşgaça bölgan 3 kişi qölga olingan.
Fransiyada 1 sentabrdan ötkazilayotgan aksilterrorçilik operatsiyasi davomida hammasi bölib 143 kişi, yil boşidan beri esa 418 kişi hibsga olingan.
Fransiyada 2015 yil noyabrda bir qator teraktlar uyuştirilişi oqibatida 130 kişi halok bölgandi.












