22 noyabr kuni Honkongda yonida 20 mln honkong dollari (2,58 mln AQŞ dollari atrofida) bölgan şaxs noma'lum kişilar tomonidan tunab ketildi. Bu haqda Xitoyning Sina axborot agentligi ma'lum qilmoqda.
Ma'lumotlarga köra, megapolis köçalaridan birida piçoq bilan qurollangan bir qança şaxslar tillalar töla sumkani qölga kiritişgan va közdan ğoyib bölişgan.
Ayni damda politsiya voqea tafsilotlarini örganmoqda. Jinoyat bilan boğliq boşqa işlarga oydinlik kiritilmagan.










