Bryusselda Adliya, içki işlar, inson huquqlari va turdoş masalalar böyiça “Özbekiston va Yevropa Ittifoqi” quyi qömitasining navbatdagi majlisi bölib ötdi.

Uçraşuvda Özbekiston Adliya vazirining örinbosari boşçiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi va Yevroittifoq tomonidan Yevropa taşqi faoliyat xizmatining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik bölinmasi boşliği rahbarligidagi delegatsiya qatnaşdi.

Majlis konstruktiv va oçiqlik ruhida ötdi hamda tomonlar keng doiradagi masalalar yuzasidan fikr almaşdilar, şu jumladan, hamkorlikni yanada rivojlantirişning ustuvor vazifalari muhokama qilindi.

Tenglik, özaro hurmat va içki işlarga aralaşmaslik tamoyillariga asoslangan holda, inson huquqlari, Özbekiston va Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlarda fuqarolik jamiyatini mustahkamlaş hamda uşbu yönalişdagi hamkorlikning istiqbollari haqida muloqotlar bölib ötdi.

Tomonlar, şuningdek, terrorizm, giyohvand moddalar savdosi va uyuşgan jinoyatçilik, çegaralarni boşqariş, bojxona va sud-huquq tizimini rivojlantiriş hamda uşbu sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va kelgusi vazifalariga doir  masalalarni körib çiqdilar.

Birlaşgan Millatlar taşkiloti, Xalqaro mehnat taşkiloti va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YeXHT) kabi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan hamkorlik qiliş va monitoringlar ötkaziş davom ettirilişining muhimligi qayd etildi.

Yevropa Ittifoqi 4 dekabr kuni bölib ötadigan Prezident saylovini monitoring qiliş uçun Özbekistonga YeXHTning tölaqonli kuzatuvçilar missiyasi taklif etilganini olqişladi. Mamlakatimizning tegişli qonunçilikni modernizatsiya qiliş, masalan, sud tizimini isloh qiliş, “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi qonun loyihasi va biznes muhitini yaxşilaş böyiça çoralar köriş borasidagi muhim sa'y-harakatlari e'tirof etildi.

Majlis yakunida ikkala tomon ham özaro muloqotlardan qoniqiş hosil qilişganini izhor etdilar. Muloqotlarning navbatdagi raundi 2017-yilda Toşkent şahrida bölib ötadi.

“Jahon” AA, Bryussel