Amerikaning CNN telekanali körsatuvlaridan birida noörin savolni ekranga joylaştirgani uçun rasman keçirim söradi. 21 noyabr kuni teleboşlovçi Jim Sciutto The Lead (Yetakçi) tok-şousida körsatuv mehmoni, AQŞ öta öng kayfiyatdagi harakat yetakçisi Richard Spencer bilan muloqot ötkazgan. Öşanda, ekranda «Öta öng harakat rahbari yahudiylar insonmi, deb söramoqda» degan yozuv qöyilgan.
Avvalroq, Spenser Vaşingtonda bölib ötgan anjumanda, Trampning ğalaba qozoniş imkoniyatlarini minimal baholagan siyosiy ekspertlarni keskin tanqid qilgan edi. Uning özi yangi saylangan prezident tarafdori hisoblanadi.
“Qiziq, bu odamlar, haqiqiy odamlarmi yoki Jon Oliver bir kun avval aytganini qandaydir qora kuçlar takrorlaşga majburlaydigan ruhsiz golemlarmi? Respublikaçi strateglar va siyosiy maslahatçilar bizlarni kuniga keçqurun NBC telekanalida tanqid qiladi-ya”, - degan edi Richard Spenser.
Gap şundaki, CNN xodimlari Spenser sözlaridan iqtibos keltirar ekan, uning kim haqida söz yuritayotganiga oydinlik kiritgan qismini qisqartirib, ekranda «Ultra öng kayfiyatdagi harakat yetakçisi yahudiylar insonligini şubha ostiga qöymoqda», -degan sözlarni qoldirgan.
Aslida esa, Spenser yahudiylarni himoya qiliş uçun ravvin Lyov tomonidan gildan yasalgan ulkan golem haqidagi afsonaga tayangan, xolos. Şu bilan öta öng kayfiyatdagi harakat rahbari Trampning zaifligi haqida bong urganlar aslida uçinçi tomonlarga xizmat qiluvçi, şunçaki «gapiruvçi boşlardir» deyişni iroda qilgan.
CNN telekanalining bunday qisqartirmasi ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab böldi. Şundan söng, CNN rahbariyati tomoşabinlardan uzr söraşga majbur bölgan.
“Biz uzoqni köra olmaganimiz sababli şunday noşudlik qildik. Biz öz afsusimizni bildiramiz va keçirim söraymiz”, - degan telekanal rahbariyati.
Sönggi vaqtlarda, CNN telekompaniyasi Tramp va uning tarafdorlarini tanqid qiliş maqsadida bir neça marotaba özini noqulay vaziyatlarga solib qöydi. Masalan, oktabr oyi oxirlarida respublikaçi kongressmen bilan suhbat olib borilayotganda, siyosatçi Hillari Klinton haqidagi WikiLeaks ma'lumotlarini yodga olişi bilan bevosita muloqotni uzib qöygan edi.












