Tribuna.Uz Yevropa çempionlar ligasining 5-turidan örin olgan uçraşuvlar böyiça anonslar berişni davom ettiradi. 

Qur'a taşlangan paytidayoq eng kuçli guruhlardan biri sifatida ta'rif berilgan S guruhi hozirça bildirilgan işonçlarni töliq oqlamoqda. Nazariy jihatdan barça jamoada keyingi bosqiçga çiqiş imkoniyati saqlanib turibdi. 5-turda ham eng qiziqarli uçraşuvlaridan biri şu guruhda bölib ötişi kutilmoqda.

Turnir jadvali. Hozirça 4 turdan keyin «Barselona» 9 oçko bilan guruhda peşqadamlik qilmoqda. «Mançester Siti» hisobida 7 oçko mavjud. «Borussiya» va «Seltik» köproq Yevropa ligasi uçun kuraşayotgan bölsada, haligaça pley-off yöllanmasidan umidini uzgani yöq. 

Seltik – Barselona (00:45, Matç! Igra)

Glazgoda bölib ötadigan uçraşuv «Barselona» uçun muhim ahamiyat kasb etadi. «Mançester Siti»dan qabul qilib olingan mağlubiyat tufayli keyingi bosqiç masalasi ortga surilgandi. Bugungi ğalaba jamoa keyingi bosqiçga çiqişini kafolatlaydi.

Öyindan oldin. «Seltik» Şotlandiya çempionati haqida ortiqça öylamasa ham böladi. Keltlar bitta uçraşuv kam ötkazgan holatda eng yaqin ta'qibçisini 10 oçkoga ortda qoldirmoqda. Şu boisdan Brendana Rojyers şogirdlari bor e'tiborini yevrokuboklarga qaratsa ham bölaveradi. Heç bölmaganda Yevropa ligasiga beriladigan yöllanma glazgoliklar uçun juda zarur. «Barselona»da esa işlar u darajada yaxşi keçmayapti. «Siti»dan uçralgan mağulbiyatdan keyin jamoa ötgan hafta La-ligada ham oçko yöqotdi. «Kamp Nou»da Luis Enrike jamoasi 9 kişi bölib qolgan «Malaga» darvozasiga yöl topa olmadi – 0:0. Lekin bu uçraşuvni Lionel Messi va Luis Suares ötkazib yuborgandi. Bu oçko yöqotiş jamoaning peşqadam «Real»dan 4 oçko ortda qolişiga sabab bölmoqda. Omadsizlik davridan çiqib ketişi uçun köhna qit'aning eng nufuzli musobaqasi bahorgi mavsumiga yöllanmani naqd qiliş — eng ajoyib sabab böla oladi.

Yöqotişlar. Luis Enrike bu uçraşuvda himoyaçi Samuel Umtiti va  jamoa sardori Andres Inesta xizmatidan foydalana olmaydi. Ikkala futbolçida ham jarohat bor. «Seltik»da bunday muammolar közga taşlanmaydi.

Taxminiy tarkiblar
Seltik: Gordon, Svyatçenko, Boyyata, Lyustig, Forrest, Makgregor, Armstrong, Braun, Roberts, Sinkleyr, Dembele