Ğarb mamlakatlari sönggi yillarda, hamkorlikdan voz keçib, Rossiyadan, garçi u real tahdid hisoblanmasa-da, "virtual duşman" yasab olişdi. Fransiya öng markazçilar praymerizining birinçi turida ğalaba qozongan, respublikaning sobiq boş vaziri Fransua Fiyon şunday fikrni ilgari surdi.
Uning qayd etişiça, Rossiya va Ğarb örtasidagi munosabatlarning hozirgi taranglaşuviga Barak Obama Oq uyga kelganidan söng, Rossiya-Amerika munosabatlarini kuçaytirişga samarasiz uriniş sabab bölgan.
"Barak Obama, yodingizda bölsa, munosabatlarni "kuçaytiriş" strategiyasini ilgari surdi, u Rossiya bilan munosabatlarni yaxşilaşni közda tutar edi. Biroq, keyinçalik, hammasi barbod böldi, Rossiyadan yana duşman yasaşdi. U fikrimça, virtual duşmandir, çunki Rossiya, mening işonçim komilki, Yevropa raqibi hisoblanmaydi", - degan Fiyon "Yevropa-1" radiostansiyasi efirida.
Uning aytişiça, Ğarbda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan uyuştirilayotgan axborot xurujlari ham Rossiya bilan munosabatlar nuqtainazaridan baholanganda, ma'nisizdir.
"Rossiyani kim boşqarganidan qat'inazar, u dunyoning hududiy jihatdan eng yirik davlati, Rossiyada Yevropa madaniyati çuqur ildiz otgan, u ulkan tabiiy boyliklarga ega. Va u yadro quroliga egaligi hamda demokratiyani heç qaçon tuşunmagani bilan xavflidir. Savol esa quyidagiça qöyilişi kerak: biz Rossiyani barqarorlaştirib, uni Yevropada mustahkamlaşga urinamizmi, yoki uni qamal qilib, fitnaga solib, Osiyo tomon yönaltiramizmi? Aslida, Osiyo Yevropaning asl muammosidir. Çunki, tahdidlar örta va uzoq istiqbolda Rossiyadan çiqmaydi, u iqtisodiy yoki moliyaviy tahdid böla olmaydi, balki Xitoy xavotirlar uyğotişi lozim", - degan fikrni bildirgan siyosatçi.
Fransiya öng markazçilari tomonidan ötkazilgan praymerizning birinçi turi 20 noyabrda taşkil etilgan edi. Unda sobiq boş vazir Fransua Fiyon 44,1 foiz ovoz töplab yetakçilik qildi. 28,5 foizlik natija bilan Bordo şahri hokimi Alen Jyuppe ikkinçi bölgan. Sobiq prezident Nikolya Sarkozi 20,6 foiz ovoz töplab ikkinçi tur masalasini ijobiy hal qila olmadi. 27 noyabrda Fransiya muxolifati yana bir ovoz berişni ötkazadi.
2017 yil aprel-may oylarida Fransiya prezidentligi uçun saylovlar bölib ötadi. Hozirgi taxminlarga köra, öng markazçilarning praymerizlarida aniqlanadigan nomzod, davlat rahbarligi uçun ötkaziladigan yakuniy ovoz beriş jarayonida ğalaba qozonişi mumkin.












