Germaniyada kikboksing böyiça köp bor jahon çempioni bölgan Musa Musalayev öldirib ketildi. Augsburger Allgemeine gazetasi bergan ma'lumotga köra, kelib çiqişi tataristonlik bölgan Musa Germaniyaning Noy-Ulmdagi uyi ostonasida otib ketilgan. 

Guvohlarning sözlariga köra, sportçini niqobda bölgan noma'lum kimsa otib taşlagan. Qotil şundan söng haydovçisi bölgan maşinaga ötirib, qoçib qolgan.

Politsiyada ma'lum qilişlariça, jinoyatçi qidiruvga berilgan.

37 yaşar Musa Musalayev kikboksing böyiça Prince Team jamoasining sardori edi. U 2013 yildan buyon Germaniyada istiqomat qilib keladi.