Hewlett-Packard’ning 2016 çi moliya yilida daromadi 6 foizga tuşib, 48,2 mlrd dollarni taşkil qildi, deb xabar berdi kompaniya. IV çi kvartal davomida körsatkiç 12,5 mlrd.ni taşkil qilgan, bu esa ötgan yilning şu davriga nisbatan 2 foizga köproq.
Oddiy aksiya sifatida hisoblanganda daromad bir kvartalda 0,36 dollarga tuşib ketgan. 2016 çi moliya yili davomida kompaniya aksiyadorlarga 2 mlrd dollar miqdoridagi dividendlarni töladi. Moliya hisoboti ma'lum qilingaç HP aksiyalari 0,39 foizga arzonlaşgan.
Hewlett Packard Enterprise’ning korporativ mijozlar uçun saqlaş tizimlari va dasturiy ta'minotni işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi bölinmasining sof daromadi IV çi kvartalda 78 foizga tuşib ketib – 300 mln dollarni taşkil etdi. Tuşgan pul esa 7 foizga qisqarib, 12,5 mlrd.ga teng bölgan.
2016 çi moliya yilida Hewlett Packard Enterprise’ning sof daromadi 3,16 mlrd dollarni taşkil qildi. Bu 2015 yilga qaraganda 28 foizga köproqdir. Aktsiyaga bölgan sof daromad 36 foizga ortib, 1,82dollarga teng bölgan.
Kompaniyaga tuşgan pul hajmi ötgan yil bilan soliştirganda 4 foizga pasayib - 50,1 mlrd dollarni taşkil qildi.











