Hindiston armiyasi Kaşmirning Pokiston nazoratidagi hududlariga keng qamrovli öt oçişni boşlagani xabar qilinmoqda. Rasmiy Islomobod kamida tört nafar tinç aholi vakili halok bölganini ta'kidlamoqda. 

Hind OAV tarqatayotgan xabarlarga köra, uşbu amaliyotlar hind askarlarining jangarilar tomonidan öldirilganiga javoban ötkazilmoqda. Armiya bölinmalari öqotar qurollar va minomyotlardan foydalangan holda Punç, Kel, Rajauri va Maççal nazorat sektori böylab öt oçmoqda. Ular Pokiston armiyasi postlarini nişonga olmoqda. 

Öz navbatida, Pokiston armiyasi matbuot xizmati xabariga köra, hududda ketayotgan avtobuslardan biri öqqa tutilgani oqibatida 4 kişi qurbon bölgan, 7 kişi jarohatlangan. Dawn naşri politsiya mahkamasiga tayangan holda 9 kişining halok bölgani, 11 kişining yaralangani haqida yozmoqda. 

Hindiston armiyasi keng qamrovli amaliyotini kuni keça öldirilgan askarlaridan birining boşi tanasidan uzib taşlangani bilan izohlamoqda. Şu bilan, harbiy manbaning sözlariga köra, Hindiston bunday jinoyatlar javobsiz qolmasligidan ogohlantirmoqda. 

Ikki davlat örtasidagi munosabatlar 29 sentabrdagi voqealardan söng, tobora taranglaşmoqda. Öşanda Hindiston aksilterror amaliyot ötkazganini da'vo qilib, Pokiston nazoratidagi hududlarga "aniq zarbalar" bergan edi. Islomobod esa, odatdagi çegara töqnaşuvi yuz bergani ikki pokistonlik çegaraçining umriga zomin bölganini aytgan edi.