Afsonaviy boksçi Rufat Risqiyev koma holatida emas. Uning oila a'zolaridan birining «Kun.uz» tahririyatiga ma'lum qilişiça, u oğir ahvolda emas.
Aniqlik kiritilişiça, sobiq boksçi 20 noyabr kuni qon bosimi kötarilib, şifoxonaga tuşib qolgan. Ayni vaqtda uning ahvoli barqarorlaşgan.
Bundan oldinroq mahalliy naşrlar Rufat Risqiyev komada ekani haqida xabarlar tarqatgandi.
Eslatib ötamiz, şu yilning sentabr oyi oxirida Toşkent şahridagi 16-şifoxonada şifokorlar venalar trombozining oğirlaşişi sababli Rufat Risqiyevning öng oyoq tizzasidan pastini kesib taşlaş uçun jarrohlik amaliyotini ötkazişgandi.
2 oktabr kuni 67 yoşni qarşilagan Rufat Risqiyev 1974 yilda Gavanada ötkazilgan jahon çempionatida 75 kg vazn toifasida ğolib bölişga erişgan. U 1976 yilgi Monreal Olimpiada öyinlari Kumuş medali sovrindori, qator xalqaro turnirlar ğolibi, Kuba Oçiq çempionatining ikki karra çempioni hisoblanadi. AQŞ, Kuba, Avstriya, Yugoslaviya, Ispaniyada ötkazilgan xalqaro turnirlar ğolibi. Markaziy Osiyodagi ilk xalqaro toifadagi professional boks hakami. “Hurmat Belgisi”, “Buyuk xizmatlari uçun”, “El-yurt hurmati” ordenlari kavaleri. Yaqin ötmişda – Özbekiston Professional boks federatsiyasining vitse-prezidenti, ayni paytda – oddiy pensioner.












