Yaponiya şarqida payşanba kuni tongda (Toşkent 2:23) 6,1 magnitudali takroriy zilzila sodir böldi. Yer osti silkinişlari Tokio şahrida ham sezilgan.
Bu balandligi 1,4 metr bölgan sunamini keltirib çiqargan 7,4 magnitudali zilziladan keyingi takroriy silkiniş böldi.
Yapon meteomarkazi bergan ma'lumotga köra, mahalliy 7 ballik şkalada yer osti silkinişlarining kuçi ba'zi hududlarda, şu jumladan, Fukusimada ham 4 ballgaça yetgan.
Hozirda vayron bölgan joy va jabrlangan insonlar haqida xabar olinmagan, AESda ham ğayrioddiy holatlar kuzatilmagan.

















