Bundan 11 yil muqaddam Istanbulda keçgan YeÇL finali doirasidagi öyinda «Milan» va «Liverpul» jamoalari fantastik futbol namoyiş etişgandi. Futbol trilleriga aylangan öyin ssenariysini unça-munça Hollivud filmlarida ham uçratmaysiz.
Taqdir hazilini qarangki, 2016 yilga kelib Istanbuldagi uçraşuvda, finalda bölmasada guruh bosqiçidagi uçraşuvda xuddi şunday ssenariy takrorlandi. «Benfika» birinçi bölimda uçta töp kiritib, jamoasi ğalabasi uçun juda muhim qadam taşalagandi. Biroq irodali «Beşiktoş» ikkinçi bölimda öziga keldi va uçta töp farqini yöqqa çiqara oldi. Afsuski guruh bosqiçida qöşimça bölimlar yöq. Agar bölganida biz öşa 2005 yildagi triller davomini körgan bölarmidik...
Uşbu durang «Beşiktoş» uçun guruh bosqiçidagi 4-durangni qayd etdi va oçkolari sonini 7taga yetkazib oldi. «Benfika» hisobida esa 8 oçko mavjud.
Çempionlar ligasi
5-tur
Beşiktoş (Turkiya) – Benfika (Portugaliya) 3:3 (0:3)
Gollar: 0:1 – 10 Gonsalu Gedeş, 0:2 – 25 Nelson Semedu, 0:3 – 31 Feysa, 1:3 – 58 Tosun, 2:3 – 83, penalti Kuarejma, 3:3 – 89 Abubakar.
Beşiktoş: Fabrisio, Toşiç (Nukan, 60), Marselo, Bek, Adriano, Arslan (Inler, 46), Xatçinson, Oz'yakup, Kuarejma, Genyul (Tosun, 46), Abubakar.
Benfika: Ederson, Luizao, Elizeu, Nelson Semedu, Lindelef, Pitstsi, Feysa, Gonsalu Gedeş (Samaris, 75), Salvio, Servi (Rafa Silva, 64), Mitroglu (Ximenes, 86).
Manba: tribuna.uz












