Bismillahir rohmanir rohiym

Bir kuni qabulimga bir yigit hayajon bilan kirib kelib, mulohazali mavzuni kötarib qoldi. U: “Qori aka, jum'a ma'ruzalarida qizlarning tarbiyasi töğrisida köproq gapirmasangiz bölmaydi...”, deb öz e'tirozini bildirdi. Uning bu sözida yaqin vaqt içida qandaydir hodisa röy bergani va qattiq ta'sir qilgani sezilib turardi. Undan: «Nima böldi?» deb söradim. Yigit: «Köçada bir maşinani töxtatdim. Haydovçi yonidagi old örindiqda bir qiz ham ötirgandi. Men aytgan manzilga qarab ketarkanmiz, beixtiyor old örindiqdagi qizga közim tuşdi. Uning kiyimlari bir ahvolda ekan. Şu vaqt qiz maşina magnitafoni tugmalarini bosa boşladi. U qildi, bu qildi, ança urindi, özi istagan narsani topolmagaç, yonidagi haydovçiga qarab: «Ada, özingiz qarang buni, falon narsaga qöying, men topolmayapman», deb qoldi. E'tibor bersam, uning tugmalarni bosa olmayotganiga tirnoqlarini nihoyatda östirib olgani xalal berayotgan ekan. Eng ajablanganim şundaki, avtomobilni boşqarib ketayotgan otasi qizining kiyinişiga mutlaqo beparvo edi. Şu holat menga qattiq ta'sir qildi. Nahotki ota öz qizini şu holatda köçaga çiqişiga, uni öz yonida olib yurişga qöyib bersa?! Balki qizini öqişga, işga, bozor yoki boşqa yerga olib borayotgandir. Ehtimol, özini zamonaviy otalardan hisoblab, qizining istaganiça kiyinişiga qöyib berişidan faxrlanar ham! Mana, jum'a namozlariga asosan otalar, xonadon rahbarlari kelişadi. Balki ular orasida ham qizi, turmuş örtoğining oçiq-soçiq kiyinişiga e'tiborsizlar bordir. E'tiborsizlar yoki buning katta ma'siyat ekanini bilmaganlar bölsa örgatiş, unutganlarning yodiga soliş uçun ham barçamizga qizlar tarbiyasidagi eng nozik tomonlar töğrisida, qiz-juvonlarning iffati, hayosi, imon-e'tiqodi, axloq-odobini saqlaş uçun haqiqiy er yigitlar, otalar, aka-ukalar nimalar qilmoği töğrisida ma'ruza qilinsa», dedi.

Haqiqatan ham, hozirgi kunda şahrimizning har bir qadamida bu kabi holatlarni uçratiş mumkin. Bozorda işlaydigan sotuvçilar tomonidan ham xuddi şunday gaplar tez-tez tilga olinmoqda. Ayrim ota-onalar qizlarini kiyim-keçak dökoniga olib kirib, bir-biridan tor, yelkasi, orqasi oçiq ajnabiy liboslarni kiydirib körayotganini, hatto otasi bularni kiydirib körib: «Yöq, bu yaraşmadi, bu unçalik odamni jalb qilib, öziga tortadigan  emas ekan, beöxşov bölib qolding, yana ham yaxşiroğini, yana ham torroğini, yana ham kaltaroğini kiygin», deb tavsiya qilayotganiga ham guvoh bölayotganlar bor.

Inson zamon talabi şu ekan-da, deb nima bölsa qabul qilib ketavermasligi kerak. Avvalo, ota-onalar bolalar uçun mas'ul. Ular farzandlar sof fitratda dunyoga kelişini, ota-onalar ularni özlaridan kelib çiqib yo buzişlari, yoki tuzatişlari mumkinligini unutmasliklari lozim.

Oramizda bu kabi bid'atu xurofotlar, gunohu ma'siyatlar paydo bölsa, ularga loqayd qaramasligimiz, qölimizdan kelganiça ularga qarşi çiqişimiz şart. Aks holda, gunohkor bölamiz, nafaqat u dunyoda, balki bu dunyoning özida ham jazomizni olmasdan ötmaymiz. Bu haqda köplab hadislar, hatto Qur'on oyatlari kelgan.