Xitoyning Xenan viloyatidagi Çjençjou okrugida yaşovçi, qöllari yöq 25 yoşli yigitga bir neça bank undan barmoq izlari olib bölmasligi sababli kredit berişni rad etdi.

25 yoşli Vu Tszyanpinning 5 yoşida ikkala qöli ham kuçli tok urişidan keyin olib taşlangan.

14 noyabrda yigit özi kutmagan rasmiyatçilik muammosiga duç keldi: bir neça bank undan barmoq izlarini olişning imkoni yöqligi sababli unga kredit berişni rad etdi.

Tszyanpin imzosini oğzida qöya oladi, biroq pul beriş uçun birgina imzoning özi yetmaydi.

Mahalliy bankda işlovçi xodimlarning aytişiça, barmoqlar izini oliş standart amaliyot hisoblanadi, çunki imzoni qalbakalaştiriş mumkin.

Tszyanpin bilan yuz bergan hodisa Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida yaşin tezligida tarqadi. Mahalliy aholi banklarning haddan taşqari rasmiyatçilikka amal qilişini tanqid qilganlar. Şundan keyin nogiron yigitning iltimosini rad etgan bir neça bank öz qarorini özgartirişga qaror qilgan.