Los-Anjyelesning 405-şossesida vujudga kelgan yirik tirbandlik dron yordamida videotasvirga olindi. Videoyozuvlar 23 noyabr kuni ABC7 telekanalining Facebook sahifasida e'lon qilindi.
405-şosse Los-Anjyeles şahrining şimoliy qismini janubdagi San-Fernando vohasi bilan boğlovçi asosiy magistral yöl hisoblanadi. Tirbandliklarning vujudga kelişi esa, AQŞda nişonlanadigan Şukronalik kuni bilan boğliq. U har yilning noyabr oyi törtinçi payşanbasida tantana qilinadi. 2016 yilgi bayram sanasi 24 noyabrga töğri keladi.
Bu kunning bayram qilinişi tarixi Amerika yerlariga ilk angliyaliklarning kelib tuşişiga borib taqaladi. Rivoyatlarga köra, 1620 yili «Meyflauer» kemasida kelgan muhojir-köçmançilar qiş mavsumini qiyinçilik bilan ötkazişadi, 1621 yil kuzida köp hosil olgaç, Yaratganga şukrona keltirib, bayram qilişadi.
Bayramning birinçi kunida yevropaliklar özlari bilan birga olib kelgan kurka göştidan tayyorlangan taomni dasturxonga tortişadi. Şukronalik kunini milliy bayram sifatida nişonlaş taklifini AQŞning birinçi prezidenti Jorj Vaşington taklif qilgan.

















