Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida davom etayotgan boks böyiça yoşlar örtasidagi jahon çempionati özbekistonlik yoş çarm qölqop ustalari uçun muvaffaqiyatli bölmoqda. Bu haqda ÖzA xabar bergan.

Özbekistonda sportni, jumladan, Olimpiya öyinlari dasturidan joy olgan boksni rivojlantirişga qaratilayotgan doimiy e'tibor özining yuksak samaralarini bermoqda. Mazkur sport turini yoşlar örtasida ommalaştiriş, iqtidorli sportçilarni saralaş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar natijasida özbek boks maktabi vakillari turli nufuzli musobaqalar – Olimpiya va Osiyo öyinlari, jahon va qit'a çempionatlarida yuqori natijalarga erişmoqda.   

Joriy yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida ötgan XXXI yozgi Olimpiya öyinlarida özbekistonlik boksçilar erişgan yutuqlar (3 oltin, 2 kumuş, 2 bronza) Özbekistonning ulkan sport salohiyatidan dalolatdir. 

Dunyoning oltmişdan ziyod davlatidan kuçli boksçilar iştirokida ötayotgan yoşlar örtasidagi jahon çempionatida Özbekiston vakillari tajriba va mahoratda, kuç va jasoratda heç kimdan kam emasligini isbotlamoqda.

Nufuzli musobaqada terma jamoaning 4 nafar a'zosi çorak final bahslarini öz foydasiga hal qilib, ğoliblik uçun kuraşni davom ettiradigan böldi.

Iqtidorli boksçi Otabek Xolmatov vazni 52 kilogrammgaça bölgan sportçilar bahsida Dominikan Respublikasi vakili Luis Reynaldo Nunesga heç qanday imkoniyat qoldirmay, yarim finalga çiqdi.

Şunqor Abdurasulov vazni 56 kilogammgaça bölgan boksçilar örtasidagi çorak final bellaşuvida xitoylik Jianming Tsengni mağlubiyatga uçratdi.

Bilolbek Mirzarahimov vazni 60 kilogrammgaça bölgan boksçilar bellaşuvida rossiyalik raqibi Beslan Hamzayevni doğda qoldirib, yarim final yöllanmasiga ega böldi.

Şohröz Rahimov vazni 91 kilogrammgaça bölgan çarm qölqop ustalari örtasidagi çorak final jangida angliyalik Lyuis Villyamsni mağlub etdi.