Saffolk dalalari orasida yaşiringan zanglagan metall lyukli taşlandiq beton obekt u qadar diqqatni tortmaydi. Zinalar orqali 4 metr pastga tuşsangiz, sovuq uruş davridagi haqiqiy bunkerni körişingiz mumkin. Bunkerdagi şaroit 1991 yildan (uni tark etişganidan) buyon özgarmagan - devorda yadroviy hujum paytida nima qiliş kerakligiga doir körsatmalar osiğliq. Daily Mail naşri şu haqida ma'lumot berdi.

Sovuq uruş paytlarida bir-biridan taxminan 25 kilometr masofa farq qiladigan 1563 bunker qurilgan. Bu SSSR va AQŞ munosabatlarining yomonlaşib, yadroviy uruşga aylanib ketişi holati uçun körilgan ehtiyot çorasi bölgan. Yerdagi kuzatuvçilar hisoblangan köngillilarning vazifasiga neçta yadroviy bomba taşlangani hamda ularning qayerga taşalanişi mumkinligiga oid ma'lumotlarni töplaş kirgan. Bundan taşqari, ular mamlakat böylab radiatsiya darajasini ham kuzatişgan.

Yer ostida bomba kuçini aniqlovçi indikator, şuningdek radiatsiya darajasini kuzatuvçi datçik örnatilgan bölib, ular taşqi dunyo bilan quvurlar orqali biriktirilgan. Yadroviy hujum amalga oşirilgan taqdirda, köçalarda snaryadlar portlayotgan bir vaqtda köngillilar uç hafta davomida öz işlarini davom ettirişlari kerak böladi. Ular sirenalar yordamida aholini yaqinlaşayotgan havo yoki raketa hujumidan ogohlantirişlari mumkin bölgan.

Bunker 1958 yilda qurilgan va 1991 yilda tark etilgan. Devorda hali-hanuz kuzatuv uskunalarini tayyorlaşga oid körsatmalar berilgan qoğozlar osiğliq turibdi.

Bunkerda matraslar, stul, xaritalar, yozişmalar, asbob-uskunalar va birinçi yordam körsatişga doir töplam jihozlari mavjud.

Yaqinda bunkerda bölgan kişilardan biri u yerga tuşgan paytdagi klaustrofobiya hissi haqida sözlab berdi. "Bunkerga tuşiş uçun jasorat kerak, zero u yerga tuşganda nimani kutişni bilmaysan. Zinadan tuşayotgandayoq özimni yomon his qila boşladim. Köngillililarga qançalik qiyin bölganini tasavvur qilyapman. Men u yerdagi sovuq uruşning atributlaridan hayratga tuşdim. Xuddi vaqt töxtab qolgandek böldi".
























