Xitoyda antiqa temir yöl işga tuşirildi. Nima uçun antiqa deysizmi? Birinçidan, bu temir yöl osma monorels (bir izli) körinişida yaratilgan. Ikkinçidan, unda harakatlanuvçi vagonlar litiy batareyalardan quvvat oladi. Uçinçidan esa poyezdlar katta pandalar körinişida işlangan. 

Uşbu temir yöl işga tuşirilgan Siçuan viloyati katta pandalarning vatani hisoblanadi. U yerga uşbu bambuk ayiğini körgani butun dunyodan minglab odamlar taşrif buyuradi. Uşbu viloyatda dunyodagi butun pandalarning uçdan ikki qismi yaşaydi. 

Antiqa panda-poyezd öz içiga 230 yölovçini siğdira oladi. Uning tezligi 60 km/soatni taşkil qiladi. Temir yölning uzunligi hozirça 1,4 km ni taşkil qilmoqda. U hozirça faqatgina xodimlar va jurnalistlarga oçiq. ShanghaiDaily naşrining ma'lum qilişiça, yangi poyezd sinov tarzida 10 ming km yöl bosib ötişi kerak. Agar sinovlar muvaffaqiyatli ötsa, şundan keyingina panda-poyezd yölovçilar uçun öz eşiklarini oçadi.