Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub «Iymon» deb nomlangan kitobning ikkinçi naşri sotuvga çiqarilmoqda. 

«Hilol» naşri tarqatgan xabarga köra, 28 ming söm narxda sotuvga çiqarilişi rejalaştirilayotgan «Iymon» kitobi birinçi marta 1991 yilda naşrdan çiqqan edi.

«Islomning tamal toşi – iymon javhariga bağişlangan bu asar kitobxonlar tomonidan qizğin kutib olingan, tezda qölma-qöl bölib öqilgan edi. Iymon masalasi dinimizning asosi bölgani tufayli, unga oid masalalarga bağişlangan mazkur kitobga bölgan talab va ehtiyojlardan kelib çiqqan holda, asarning ikkinçi, töldirilgan naşrini çop etişga qaror qilindi», deyiladi naşriyot xabarida. 

Ma'lum qilinişiça, yangi naşrda bir qança maqolalarga qöşimçalar kiritildi. Şuningdek «Sunnat», «Sunnat va ilmiy mö'jizalar», «Şariat», «Islom terrorga qarşi», «Islom giyohvandlikka qarşi», «Islom va tabiatni muhofaza qiliş», «Islom mö'tadillik dini», «Islomda inson huquqlari», «Islom va boşqa din vakillari», «Islomda ayollar huquqlari», «Ayollar va teng huquqlilik» kabi bir neça yangi maqolalar qöşilgan.

Uşbu kitobning elektron naşri ham bölib, u bepul tarqatiladi.​